Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida aholining uy-joy kommunal xo’jaligi sohasiga oid murojaatlari qabul qilindi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida aholining uy-joy kommunal xo’jaligi sohasiga oid murojaatlari qabul qilindi.
Ko’p qavatli uyning texnik holati bilan bog’liq kamchiliklar, noqonuniy qurilmalar, yerto’lada joylashgan muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash, billing tizimiga boshqaruv organlarini biriktirish kabi masalalar tahlil qilindi. Mazkur holatlar bo’yicha mas’ullar biriktirilib, nazorati shaxsan vazir o’rinbosari tomonidan olib borilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, aholi orasida to’lov qobiliyati hamda mulkdorlar daxldorligini oshirish lozimligi alohida qayd etildi.
Bugungi qabulda jami 20 ga yaqin murojaat qabul qilinib, aksariyati jarayonning o’zidayoq ijobiy hal etildi.