UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida doimiy tarzda jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid qabullari o'tkazib kelinadi

Kommunal sohada aholi murojaatari bilan ishlash muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Zero, ko'p jihatdan fuqarolarning qulay sharoitda yashashi va xotirjamligi uy-joy kommunal xizmatlarning izchilligiga bog'liq. 

Shu ma'noda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida doimiy tarzda jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid qabullari o'tkazib kelinadi. Bugun vazirlik boshqarma boshlig'i Obidjon Mo'minov boshchiligida ayni tadbir bo'lib o'tdi. 

Unda ham 5 nafar poytaxtimiz aholisining ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv organi faoliyatiga oid muammolar, billing tizimi, sohada tadbirkorlikni boshlash yuzasidan huquqiy tushuncha olish kabi murojaatlari qayd etildi. Shuningdek, jamiyatda kommunal madaniyatni oshirish zarurati, bu borada targ'ibot ishlarini olib borish va aholi daxldorligini oshirish lozimligi alohida qayd etildi. 

Qabul qilingan 5 ta murojaatning 4 tasiga qabul davomida ijboy yechim berilgan bo'lsa, bitta murojaat joyiga chiqqan holda o'rganiladigan bo'ldi.