UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Eron elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi  elchisi Muhammad-Ali Iskandariyni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda qurilish va kommunal xo‘jaligi sohalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, suv resurslarini boshqarish, infratuzilma loyihalarini rivojlantirish, shuningdek, sifatli va zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda tajriba almashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Vazir Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi madaniy yaqinlik, me’moriy o‘xshashliklar va qadriyatlar mushtarakligi asosida sohalararo aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, suv xo‘jaligi va qurilish industriyasi bo‘yicha ilg‘or tajriba hamda texnologiyalarni o‘rganishga tayyor ekanini bildirdi.

Tomonlar istiqbolda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.