UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO’JALIGI VAZIRLIGIDA TEXNIK ME’YORLASH VA STANDARTLASHTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI HAMDA IFC BILAN HAMKORLIKDA "O'ZBEKISTONDAGI YASHIL BINOLAR" MAVZUSIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda IFC bilan hamkorlikda "O'zbekistondagi yashil binolar" mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Jahon bankining "Yashil" binolar loyihasi xalqaro maslahatchisi R.Vasudevan, loyiha maslahatchisi N.Jalilova hamda institut mas'ul vakillari ishtirok etishdi.

"O‘zbekistonda binolar uchun toza energiya" loyihasini rivojlantirishdan ko'zlangan maqsad — jamoat binolarida energiya samaradorlikni oshirish va binolar sektoriga toza energiya investitsiyalari uchun me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, bozor rivojlanishini va loyihalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun Texnik yordam (TA) ko'rsatish hamda energiya audit tizimini takomillashtirishdan iborat. 

Mazkur loyiha uchta komponentdan iborat:
— jamoat binolariga toza energiya investitsiyalari; 
— texnik yordam, salohiyatni oshirish va loyihalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash, binolar sektorida toza energiya investitsiyalari uchun qulay muhitni yaxshilash; 
— bozor rivojlanishini qo'llab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun texnik yordam ko'rsatish.