UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari hamda Shveysariya Iqtisodiy ishlar boʻyicha davlat kotibiyati (SECO) operatsiyalar boʻlimi rahbari uchrashishdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Davronjon Adilov hamda Shveysariya Iqtisodiy ishlar boʻyicha davlat kotibiyati (SECO) operatsiyalar boʻlimi rahbari Martin Saladin uchrashishdi. 

Jarayonda Shveysariya hukumati va moliya tashkilotlari bilan kelgusida respublikamizda qurilish va shaharsozlik, ichimlik va oqova suv tizimlarini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari toʻgʻrisida fikr almashildi.

Oʻz oʻrnida mehmonlar tomonidan hamkorlikda olib borilayotgan loyihar yuzasidan maʼlumotlar berilib, sohada Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar yuqori baholandi.