Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida haftaning juma kunlari aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilib kelinadi
Ta’kidlab kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida haftaning juma kunlari aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilib kelinadi.
Ayni damda Toshkent shahrining deyarli barcha tumanlaridan kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning kommunal soha, xususan, boshqaruv tashkiloti faoliyatidan norozilik, ko’p qavatli uydagi umumfoydalanish obyektlarini noqonuniy egallab olganlik, billing tizimi, asossiz qarzdorlik kabi murojaatlari qabul qilindi.
Hozirgi vaqtga qadar Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug’bek hamda Chilonzor tumanidan kelgan fuqarolarning 6 ta murojaati qabul qilindi.
Jarayonda mazkur holatlar yechimi muhokama qilinib, aholi fikri asosida hal qilinadigan muammolar joyiga chiqqan holda o’rganiladigan bo’ldi.
Qabul qizg’in muhokamalarga boy tarzda davom etmoqda.