UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida haftaning juma kunlari aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilib kelinadi

Ozoda Jo'rayeva bugungi qabulda aksariyat boshqaruv organlari  bilan suhbat davomida ularning xalq oldidagi vazifasini eslatib o’tdi. Islohotlar, yangi yondashuvlar, avvalo, odamlar hayotini yaxshilashga xizmat qilishi lozimligini ta’kidlab o’tdi.

- Kommunal soha bir necha tarmoqlarning uzviyligidan iborat murakkab soha. Qaysi tarmoqda nosozlik kuzatilsa, bu bevostia boshqalariga ham ta'sir o'tkazadi. Demak, aholining birlamchi ehtiyoji bilan bog'liq sohani tanlagan odam borki, o'z vazifasiga mas'uliyat bilan yondoshishi shart, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

Qabulda jami 20 ta murojaat qayd etildi. Ushbu murojaatlarning aksariyati jarayonda hal etilgan bo’lsa, 5 ta murojaat joyiga chiqqan holda o’rganiladigan bo’ldi.

Xususan, boshqaruv organlarini aholi fikri asosida o’zgartirish, ko’p qavatli uyning yerto’lasida noqonuniy egallab olingan obyektlarni o’rganish va chora ko’rish lozimligi ta’kidlandi.