Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan hududlarda seminar-treninglarni o'tkazish davom etmoqda
Xodimlarning ish faoliyatida belgilangan vazifalar, jumladan, qurilish obyektlarida davlat nazoratini amalga oshirish, qurilishi tugallangan obyektlarga foydalanish uchun ruxsatnoma berish, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, inspektorlarning bilim va saviyasini oshirish maqsadida hududlarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Jumladan, ushbu seminarlarning navbatdagisi Xorazm viloyatida o‘tkazildi.
Oʻzaro muloqotda mavjud muammolar va galdagi vazifalarga asosiy eʼtibor qaratildi. Xususan, ishlarni to'g'ri tashkil qilish, bu boradagi normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga yetkazildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq hududiy inspeksiyalar inspektorlarini maqsadli hamda qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishda amaliyotga tatbiq etilgan yangicha yondashuvlarni o‘rgatish va sertifikatlash tizimini joriy etish tog'risida ham so'z yuritildi.