Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri órinbosari Ozoda Jórayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinadigan kun
Bugun haftaning juma kuni va xabar berib kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri órinbosari Ozoda Jórayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinadigan kun.
Poytaxtimizning turli tumanlaridan kelgan 10 nafardan ortiq murojaatchilar òzlarining bir qator muammolariga yechim topdilar. Xususan, boshqaruv organi faoliyatiga doir qator muammolar, umumiy mulkni noqonuniy tasarruf etish holatlari, billing tizimi, mulkdorlarning majubriy badaldan qarzdorliklari bilan boğliq masalalarini oqilona yechish choralari kórildi.
Murojaatchilarga zarur tavsiyalar va huquqiy tushunchalar berildi.
Bugungi qabulda kelib tushgan 10dan ortiq murojaatning 8 tasiga ijobiy yechim berilgan bólsa, ikkita holatni joyiga chiqqan holda órganishga kelishib olindi.
Barcha murojaatlar bilan ishlash va ularni bartaraf etish jarayoni vazir órinbosari nazoratida bólishi ta’kidlandi.