UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlarini joyiga chiqqan holda oʻrganmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlarini joyiga chiqqan holda oʻrganmoqda.

Xususan, Toshkent shahri, Chilonzor tumanida faoliyat olib boruvchi “Yashil makon standart” BSKda bòlib, aholi noroziligiga sabab bólayotgan holatlar kózdan kechirildi.

Boshqaruv organining aholi murojaatlariga nisbatan e’tiborsizligi, raqamlashtirish borasidagi kamchiliklar, faoliyat tizimlashtirilmaganligi tanqid qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

-Sizning faoliyatingizdan, eng avvalo, aholi rozi bòlishi kerak. Ularning murojaatlari, muammolari òz vaqtida tinglanishi, bartaraf etilishi kerak. Bizning mehnatimizga asosiy bahoni xalqimiz beradi,- dedi Ozoda Jórayeva. 

Shuningdek, aholi orasida daxldorlik tuyğusini oshirish, ularning óz mulki taqdiriga nisbatan e’tiborsiz bólmasligi yuzasidan tarğibot ishlarini olib borish lozimligi ta’kidlandi.