Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva hududlarda boʻlib, koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Xususan, Chilonzor tumanida 2023-yilning may oyida oʻz ish faoliyatini boshlagan “Eco home 999” BSK faoliyati koʻzdan kechirildi. Bir yil ilgari aholi talablari asosida tashkil etilgan kompaniya qisqa davr ichida koʻp kvartirali uylarning fasad, kirish yoʻlaklari, yertoʻla qismlarida ta’mirlash ishlarini olib borgan. Aholining uyga tutash boʻlgan hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish talablariga muvofiq qator salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega boshqaruv tashkiloti binosi tashkil etilgan.
Vazir oʻrinbosari kompaniyaning ishchi xodimlari bilan dildan suhbatlashib, ular faoliyatidagi muammolar bilan qiziqdi. Shuningdek, aholi vakillarining necha yillik muammolari bartaraf etilayotganligi bilan bogʻliq xursandchiliklariga sherik boʻldi.
Ozoda Joʻrayeva hududning koʻkalamzorlashtirish ishlariga oʻz hissasini qoʻshib, koʻchat ekish jarayonida ishtirok etdi. Shu bilan birga koʻp kvartirali uylar holati oʻrganilib, xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berildi.