Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (MUNOSABAT)
“GENERALISSIMUS” telegram kanali orqali mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan quruvchilar nomidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qaroriga muvofiq, qurilish-pudrat hamda loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida mutasaddi vazirliklar va idoralar elektron maʼlumotlar bazalari integratsiya qilinishi natijasida inson omilisiz avtomatik shakllantirilib kelinmoqda.
Shunga koʻra “Shaffof qurilish” milliy axborot tizmiga maʼlumotlar uzatishga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan yangi mezon talablariga muvofiq texnik ishlari toʻliq yakunlangan.
Biroq yangi mezon asosida Qurilish-pudrat tashkilotlari reyting koʻrsatkichlarini yangilash maqsadida mutasaddi vazirliklar va idoralar elektron maʼlumotlar bazalaridan olingan maʼlumotlar oʻrganilganda, aksariyat Qurilish-pudrat tashkilotlari Yangi mezon boʻyicha oʻzlariga tegishli malumotlarni toʻliq kiritmagan.
Jumladan, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining elektron tizimidan, xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020) 18 229 ta qurilish-pudrat tashkilotlari boʻyicha faqat 2811 tasi yangi mezon shartlariga koʻra toʻliq rasmiylashtirgan, qolgan 15418 ta korxona yangi mezon shartlarini toʻliq bajarmagan yoki mutlaqo toʻldirilmagan.
Vaholanki, vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari hamda reyting.mc.uz platformasi orqali pudrat tashkilotlari reyting koʻrsatkichlarini aniqlashni yangi mezonlari boʻyicha 2 oy oldin eʼlon berilganligiga qaramasdan, bugungi kunga qadar aksariyat qurilish-pudrat korxonalari maʼlumotlarni toʻliq kiritmagan.
Loyiha va pudrat tashkilotlari oʻrtasida halol raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan yangi mezon talablarini tushuntiruvchi va xodimlarni roʻyxatga olinishini koʻrsatib beruvchi video qoʻlanmadan foydalanishingiz mumkin.
Eslatma: qurilish-pudrat tashkilotlarini yangi mezon boʻyicha zudlik bilan tegishli Vazirlik va idoralarga yangi mezon talablari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishingiz tavsiya etiladi. Aks holda ma'lumotlaringiz ko'rinmay qoladi.