Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida har hafta juma kuni vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinadi
Kommunal soha aholining eng birlamchi ehtiyojlari bilan bogʻliq. Shu ma’noda aholining farovon hayoti, qulay tuzmush tarzini ta’minlash yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar odamlarni qiynab kelayotgan kichik maishiy muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etishdan boshlanadi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida har hafta juma kuni vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinadi.
Bugungi qabulda ham poytaxtimizning turli hududlaridan kelgan murojaatchilarning sohaga doir masalalari tinglandi. Xususan, boshqaruvsiz uylarni BSKlarga biriktirish tartibi, billing tizimi, boshqaruv organlari faoliyatidagi kamchiliklar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rishga doir muammolar qayd etildi.
- Bizning maqsadimiz aholi manfaatlarini himoya qilish, ular duch kelayotgan muammolarning oldini olishga koʻmaklashishdan iborat. Bu yoʻlda islohotlarimiz davom etadi. Kim raqobatga dosh bermasa, aholimizning zarur ehtiyojlariga javob bermasa, murojaatlar bilan tizimli ish tashkil etmasa, eng muhimi davlatimiz rahbari tomonidan berilgan ishonchni oqlamasa bu maydonda uzoq tura olmaydi,- dedi Ozoda Joʻrayeva.
Qabulda kelib tushgan 10 ga yaqin murojaatlarning aksariyatini hal etish boʻyicha mutaxassislar belgilandi. 3 ta murojaat joyiga chiqqan holda vazir oʻrinbosari tomonidan oʻrganiladigan boʻldi.