UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida har hafta juma kuni vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinadi (Rahbariyat qabuli)

Ma’lumki, kommunal soha aholining birlamchi ehtiyojlari bilan bogʻliq. Shu bois undagi muammolar oʻz vaqtida bartaraf etilishi lozim. 

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida har hafta juma kuni vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinadi.

Bugungi qabulda ham poytaxtimizning turli hududlaridan kelgan murojaatchilarning sohaga doir masalalari qabul qilindi. Xususan, boshqaruvsiz uylarni BSKlarga biriktirish tartibi, noqonuniy qurilmalar, boshqaruv tashkilotlari faoliyatiga doir muammolar qayd etildi.

- Bizning maqsadimiz aholi manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga muammolarini oldini olishda koʻmaklashish. Bu yoʻlda islohotlarimiz davom etadi, - dedi Ozoda Joʻrayeva. 

Qabulda kelib tushgan 20 dan ortiq murojaatlarning aksariyatini hal etish boʻyicha mutaxassislar belgilandi. 4 ta murojaat joyiga chiqqan holda vazir oʻrinbosari tomonidan oʻrganiladigan boʻldi.