UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Qurilishda xavfsizlik — eng asosiy talab!

Qurilish jarayonida ishtirok etayotgan mutaxassis va ishchilarning sog‘lig‘i hamda hayoti birinchi o‘rinda turadi. Shu sababli “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq tarzda barcha xavfsizlik choralari qat’iy ravishda bajarilishi shart.

Quyida asosiy talablar keltirilgan:

  1.  Qurilish obyektida ishlovchi ishchilar sanitariya va gigiyena talablariga mos vaqtinchalik bino (vagon)lar va maishiy inshootlar bilan ta’minlanishi lozim.
  2.  Xavfli balandliklarda faqat 18 yoshdan oshgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va yetarli tajribaga ega shaxslarga ruxsat beriladi.
  3.  Qurilish ishlari boshlanishidan avval buyurtmachi, pudratchi va subpudratchi tashkilotlar o‘rtasida tegishli ruxsatnoma-dalolatnoma tuziladi. Yuqori xavfli ishlar uchun alohida naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilishi shart.
  4.  Ishchilar GOST 12.4.087–84 talablariga muvofiq himoya kaskasini kiyishlari kerak. Shikastlangan yoki yaroqsiz kaska bilan ishlash qat’iyan man etiladi.
  5.  Qurilish obyektida dori qutisi, tibbiy zambil va boshqa zarur yordam vositalari doimo mavjud bo‘lishi zarur.
  6.  Agar ish joyida xavf-xatar yuzaga kelsa, mas’ul rahbar ishlarni darhol to‘xtatib, zarurat bo‘lsa ishchilarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilishi shart.
  7.  Bosh pudratchi o‘z nazorati ostidagi obyektlarda faoliyat yuritayotgan barcha bo‘linmalar va subpudratchi tashkilotlarni ob-havoning keskin o‘zgarishi (bo‘ron, kuchli shamol, jala, qor yog‘ishi va hokazo) to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirishi kerak.