Qurilishni korrupsiyadan holi sohaga aylantirish maqsadida yangi tartib joriy qilinadi
2024-02-04
Qurilishni korrupsiyadan holi sohaga aylantirish maqsadida yangi tartib joriy qilinadi
1-iyuldan:
- qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi;
- pudratchi tashkilotlar bajargan qurilish ishlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib chiqib moliyalashtiriladi;
- obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilib, dalolatnomalar “Shaffof qurilish” orqali tasdiqlanadi;
- 10 milliard soʻmdan ortiq loyihalar boʻyicha subpudratchilarni faqat va faqat “Shaffof qurilish” tizimi orqali tanlash tartibi yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu tartib xalqaro moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi;
- ishlab chiqaruvchi ham, quruvchi ham, nazorat qiluvchi ham qayerda qaysi qurilish materiali qancha pul turishini onlayn kuzatib boradigan tizim boʻladi.