UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi  bogʻi tashkil etildi

Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududidagi 270 gektar maydonda “yashil belbogʻ” loyihasiga start berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi hamda uning shahar va tuman boʻlimi xodimlari faol ishtirok etib,  "Yashil makon" umummilliy dasturiga oʻz hissalarini qoʻshishdi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan  boshlangan mazkur loyiha chinakam xalq harakatiga aylanib, yashillik va goʻzallikka xizmat qilayotgani hamda viloyatda bu borada namunali ishlar yoʻlga qoʻyilganligi alohida taʼkidlandi.   Xususan, besh-oʻn yil ichida toshloq, adirliklar oʻrnida oʻrmonzorlar, yashil hududlar barpo etilib, “Karkidon” zamonaviy turistik koʻngilochar majmuaga aylanishi va bu joy nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijliklar uchun ham jozibador dam oladigan maskan boʻlishi uchun katta ishlarga kirishilganligi ham aytib oʻtildi.