UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Navoiy viloyati Navoiy shahri Islom Karimov  ko’chasi 45-uyning issiqlik ta’minoti bilan bog’liq holatlar yuzasidan Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mazkur manzilda Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK hamda mazkur ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan bir necha bor o’rganish ishlari olib borilgan. Hozirda ushbu uylarga issiqlik ta’minotini yetkazib berish sifatini yaxshilash bo’yicha tezkor ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ko’p qavatli uydagi mavjud muammoli holatni tizimli ravishda to’liq modernizatsiya qilish choralari ham muhokama qilinib, bu bo’yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan. 

Navoiy shahri Islom Karimov  ko’chasi 45-uy aholisiga keltirilgan noqulaylik tez fursatlarda bartaraf etilishini ma’lum qilamiz