UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi (MUNOSABAT)

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda qo‘shni yana kotlovan kavlab, qo‘shnisining uyini qulatdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video tasvirlar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Avvalo ta'kidlash joizki, tarqatilayotgan materialda holatning aynan Samarqand viloyatida sodir bo‘lganini izohlovchi biror ma'lumot keltirilmagan. Shuningdek, diqqat bilan tinglansa, tasvir ortida insonlarning chet tilida so‘zlashayotganini ham eshitish mumkin. 

Tezkor o‘rganish ishlari davomida Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi tomonidan viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bog‘liq hodisa ro‘y bermaganligi aniqlangan. 

Shu o‘rinda yolg'on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda tegishli jazo choralari belgilanganligini eslatib o'tamiz.