UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Samarqandda qurilayotgan turar joy majmuasida bir qator kamchiliklar aniqlandi

Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosari K.Kubayev Kattaqo‘rg’on shahri Amir Temur ko‘chasida qurilayotgan turar joy majmuasini ko'zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida obyektda bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Xususan, buyurtmachining texnik, pudratchining ichki hamda loyiha tashkilotining mualliflik nazoratchilari tomonidan belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida nazorat ishlari olib borilmagan.

Bundan tashqari ijro hujjatlari to‘liq yuritilmagan. Ora yopma uchun to‘qilgan armatura karkaslarining ayrim joylari loyiha bo‘yicha bajarilmagan va qurilish materiallarini saqlash uchun maxsus joylar tashkil qilinmagan. Nazorat jarayonida qurilish materiallari standart talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi pasport va sertifikatlar ham taqdim etilmagan.

Yuqorida aniqlangan qoidabuzarliklar nazoratga olinib, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.