Sariqoʻrgʻon master reja asosida sohil boʻyi turizm markaziga aylantiriladi
Davlatimiz rahbari Farg'ona viloyatiga qilgan tashrifi chogʻida turizm yoʻnalishini kengaytirib, sohil boʻyi maskanlariga sayyohlarni koʻproq jalb etish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Shunga ko'ra Soʻx daryosi qirgʻogʻida joylashgan Uchkoʻprik tumanining Sariqoʻrgʻon qishlogʻidagi 78 gektar yer maydonida master reja ishlab chiqilmoqda.
Kuni kecha Uchkoʻprik tuman hokimligida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi, tuman hokimligi mutasaddilari va tegishli tashklotlar rahbarlari ishtirokida "Ultra group" MCHJ arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan master rejaning dastlabki muhokamasi boʻlib oʻtdi. Loyiha mualliflariga xalqaro tajriba asosida maishiy xizmat shoxobchalari, restoranlar, akvapark, musiqali favvora, avtoturargoh, oynavand kapsula shaklidagi uylar, sanatoriya, mehmonxona, ot sporti, plyaj, dor yoʻllari va baliqchilik ko'llarini loyihalashtirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.