UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Seminar ishi poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan amaliy qism bilan davom etdi

Seminar ishi poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan amaliy qism bilan davom etdi.

Unda boshqaruv organlari rahbarlar o’z faoliyatini tizimli yo’lga qo’ygan va bugungi kunda aholiga zarur talablar asosida xizmat ko’rsatayotgan “Olmazor holding grand” hamda “Eco home” BSKlari ish jarayoni bilan tanishdilar. Mazkur kompaniyalar tomonidan keng yo’lga qo’yilgan tadbirkorlik hamda qo’shimcha servis xizmatlar ko’zdan kechirildi.

Ta’kidlash lozimki, Toshkent viloyatida jami 5 033 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo’lib, mazkur uylar 165 080 ta xonadondan iborat. Bugungi kunda ushbu uylarga 95 ta BSK hamda 12 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatib keladi.