UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

“Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi

2024-yilning 1-yanvaridan 30-iyun holatiga ko‘ra “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Davlat dasturlari, hukumat qarorlari va boshqa dasturlar doirasida jami 434 ta obyektlarning loyiha hujjatlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqilib, davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan.

Shuningdek, jami 1 948,6 mlrd so‘m miqdorida smeta qiymatiga ega obyektlarning loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspertiza ko‘rigida qurilish me'yorlariga muvofiq texnik va iqtisodiy-loyihaviy yechimlar qo‘llanilgan holda jami 236,3 mlrd so‘m mablag‘ tejalishiga erishildi.

Jami 86 ta ijtimoiy soha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlariga yig'ma ekspert xulosalari taqdim etilgan.

Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari dasturi doirasida jami 105 ta obyektlar ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan. Xususan,
- xususiy ko‘p qavatli uy-joylar 35 ta;
- infratuzilma obyektlari 143 ta;
- sanoat obyektlari 10 ta;
- huquqni muhofaza qilish obyektlari 10 ta;
- savdo va umumiy ovqatlanish shahobchalari 5 ta;
- boshqa turdagi obyektlar 40 ta.