UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Sirdaryo viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Sirdaryo viloyati Guliston shahrida qurilayotgan obyekt bo'yicha e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. 

Obyekt joylashgan manzili va nomi: Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Namuna” MFY Birlashgan ko’chasida joylashgan "Yoshlar mehnat guzari" binosi

Loyihachi: “Sirdaryo viloyati loyiha ishlab chiqarish boshqarmasi” MCHJ

Obyekt 2022-yil 20-mart kuni №66-sonli ruxsatnoma bilan “Shaffof qurilish" milliy axborot tizimidan ro’yxatidan o’tgan, ammo “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali qayta ro’yxatdan o’tkazilmagan.

Holat viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda loyiha tashkiloti  mutaxassislari tomonidan borib o’rganilganda pudratchi tomonidan qurilishda quyidagi qoidabuzarliklarga  yo’l qo’yilganligi aniqlandi:

  • obyektda malakali mutaxassis (prorab) mavjud emas;
  • yashirin ishlarni guvohlash dalolatnomalari rasmiylashtirilmagan;
  • poydevor osti ishlari uchun f-8 va akt razbivka hujjatlari mavjud emas;
  • poydevorning beton ishlari notekis va tashqi vertikal gidroizolyatsiya ishlari sifatsiz bajarilgan;
  • binoning 1-qavati 3-4 o’qlari A va B kesishmasida tasdiqlangan loyiha hujjatlarida qavatlararo zinapoya va zinapoya maydonchalari o’rni loyiha bilan kelishilmasdan o’zboshimchalik bilan binoning konstruktiv holatiga o’zgartirish kiritilgan;
  • 3-qavatdagi ikkinchi o'q B-B kesishmasidagi quyilgan temir-beton ustunlarning o’zaro gorizontal va vertikal o’qlardan 5-6 sm qochgan;
  • beton uchun sinov – laboratoriya xulosalari pudratchi tomonidan taqdim etilmadi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda mazkur obyektda qurilish ishlari to'xtatilib, buyurtmachiga ogohlantish xati berilgan hamda ushbu noqonuniy qurillmani bartaraf etish yuzasidan sudga da'vo arizasi kiritilgan.