Sirdaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan binosini rekonstruksiya qilish obyektida monitoring ishlari o'tkazildi
Sirdaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Guliston shahri Guliston davlat universiteti hududida qurilayotgan 550 o'ringa mo'ljallangan Axborot-resurs markazi binosini rekonstruksiya qilish obyektida monitoring ishlari o'tkazildi.
Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- ijro hujjatlari, umumiy ishlar jurnali, beton ishlari jurnali, qurilish materiallarining kirim jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan;
- qurilish materiallarini saqlash uchun ombor tashkil etilmagan;
- bajarilgan karkaslar loyiha talabi asosida bajarilmagan.
Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga loyiha talablari asosida bajarilmagan karkaslarni demontaj qilish bo'yicha yozma ko'rsatmalar berildi.