UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Soha raqamlarda

Respublikamizda ko‘p qavatli uylar soni qariyb 42 mingga yetgan bo‘lib, ularning 92 foiziga 821 dan ortiq boshqaruv tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.

2024-yil davomida respublikadagi boshqaruv tashkilotlarining qariyb 60 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan 2 888 ta ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi hamda uning doirasida 2 283 ta ko‘p kartirali uylarda ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Shundan, 934 ta uylarning tom qismida mukammal va joriy, 1 246 ta kirish yo‘laklarida, 1085 ta uyning yerto‘la va uy ichki muhandislik-kommunikatsiyalarida ta’mirlash ishlari olib borildi.

Kirish yo‘laklariga 270 ta kodli temir eshiklar o‘rnatildi va 4 851 ta energiya tejamkor sensorli lampalar o‘rnatildi.

Bundan tashqari 54 mingdan ortiq elektr taqsimlovchi shitlar joriy va mukammal ta’mirlandi.