Soʻnggi yillarda qurilish sohasidagi korxonalar soni qanchaga koʻpaygan?
2023-12-18
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra qurilish sohasida 53 050 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,5 %ga oshgan.
Soʻnggi yillarda ushbu sohada roʻyxatdan oʻtgan korxonalar dinamikasi quyidagicha boʻlgan (1-dekabr holatiga):
2019-yilda – 37 942 ta
2020-yilda – 42 923 ta
2021-yilda – 45 603 ta
2022-yilda – 48 874 ta
2023-yilda – 53 050 ta