Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
2022-yil yanvar oyida Termiz shahar “Shodlik” mahallasi hududida joylashgan “Logistik trans servis” MCHJning koʻp qavatli turar joy binosi qurilishi Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining ro'yxatidan oʻtmasdan amalga oshirilayotgani aniqlangan.
2022-yil 24-yanvar kuni MCHJni tekshirish boʻyicha ruxsatnoma olingan va tegishli tartibda qurilishni toʻxtatish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma taqdim etilgan, 2022-yil 22-avgustda Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilib, hujjatlar sudga taqdim etilgan. 2022-yil oktabr oyida E.Ergashevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 7-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan, shu bois facebook ijtimoiy tarmog'i orqali tarqalgan holatga ham sud yechim berishini ma'lum qilamiz.