Ta'lim muassasalarini ta'mirlash va qurilish ishlari
Surxondaryo viloyati ta'lim sohasida joriy yilda katta ishlar amalga oshirildi. Viloyatda jami 961 ta maktab va 463 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Yil davomida investitsiya dasturi asosida 7 ta maktabda mukammal ta'mirlash, 48 ta maktabda kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari 3 ta yangi maktabning qurilishi davom etmoqda.
Maktabgacha ta'lim sohasida ham sezilarli yangiliklar bor: 11 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi hamda 13 tasida kapital rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
2024-yilning 1-mavsum "Tashabbusli budjet" loyihasi asosida 41 ta maktabda qariyb 40 milliard so‘m evaziga qurilish va ta'mirlash ishlari bajarildi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahalliy budjetdan 6 milliard 517 million so‘m ajratilib, viloyatdagi 862 ta maktab yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirildi.