UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash

Kuni kecha Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan Toshkent davlat transport universiteti vakillari bilan uchrashdilar.

Sanimiy ruhda kechgan muloqotda:

  • ishlab chiqarish, ilm-fan va ta'lim o'rtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida universitetga tegishli "Ilmiy-texnik rivojlantirish yo'nalishlari muammolari" mavzulari bazasini shakllantirishda ko'maklashish;
  • institutga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yo'nalishlari muammolari bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish;
  • qurilishda yangi ilmiy-tadqiqot yechimlari va texnologiyalarini tatbiq etish; 
  • institutga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yo'nalishlari muammolari bo'yicha bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek,  kurs ishi va loyiha mavzularini shakllantirishda amaliy yordam berish, shart-sharoitlar yaratish; 
  • o'quv materiallarini institutning istiqbolli vazifalari va muammolari asosida yangilash va boyitib borish singari masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki tomon o'rtasida imzolangan shartnoma asosida hamkorlikdagi vazifalarni yanada takomillashtirishga kelishib olindi.