Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining vakillari Xitoy Xalq Repsublikasida bo'lib turishibdi
Ayni kunlarda Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining vakillari Xitoy Xalq Repsublikasida bo'lib turishibdi. Safar davomida mutaxassislarimiz Usi shahar hokimi bilan uchrashishdi va mamlakatda sohaga doir mahsulotlar ishlab chiqarishning standart talablariga muvofiqligi yuzasidan ayrim zamonaviy korxonalar faoliyatini o'rgandilar.
Jumladan, alyumin kompozit mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonaga ham tashrif buyurildi hamda jarayonda respublikamizda amalda boʻlib turgan xalqaro va xorijiy standartlar toʻgʻrisida fikrlar almashildi.