Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Kuni kecha Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Sergeli tumanida buyurtmachi “New Tower City” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joyda monitoring o'tkazdi.
Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- binoning 2-qavatida g’isht terish ishlari loyiha bo'yicha bajarilmagan;
- “Qurilishda texnika xavfsizligi" talablariga rioya qilinmagan, ya’ni bino lift shaxtasining atrofi vaqtinchalik to‘siqlar bilan yopilmagan;
- obyekt maydoni qurilish chiqindilaridan tozalanmagan.
Shu bois mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan buyutmachiga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda 2-qavatda bajarilgan sifatsiz va loyiha talablari asosida bajarilmagan gazoblok terish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qilindi.