UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Mirobod tumani "Yuksalish" MFY Qoʼyliq 3-dahasi 38-uyda joylashgan qurilish obyekti bo’yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi: 

Mazkur obyekt "MIKROKREDITBANK" aksiyadorlik tijorat banki tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz qurilayotgani aniqlangan, xususan, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun inspeksiyani xabardor qilish orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagani ma’lum bo’ldi.

Shu bois inspeksiya tomonidan "MIKROKREDITBANK" aksiyadorlik tijorat bankiga noqonuniy qurilish ishlarini to’xtatish bo’yicha 2024-yil 20-mayda ogohlantirish xati  yuborildi.