UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Videoda keltirilgan holat Toshkent shahri Yakkasaroy tumani KXAY ko'chasi 2/1-uy manzilida joylashgan buyurtmachi “AL-HUSN” XK tomonidan yer to’laga ega sakkiz qavatli ofis va umumovqatlanish binosi qurilishida sodir bo'lgan. 

Hududiy inspeksiya tomonidan joyiga chiqib o’rganilganda qurilish-montaj ishlarining ko'p yillar davomida moliyaviy sabablarga ko'ra to’xtatib turilgani va hozirda obyektda qurilish ishlarini davom ettirishga tayyorgarlik ko'rish jarayonlari kechayotgani aniqlandi.   

Yollanma ishchilar tomonidan obyekt devorlarini demontaj qilish paytida ehtiyotsizlikka yo'l qo'yilishi oqibatida beton bo'laklaridan biri qurilish maydonidan tashqariga tushgan

Mazkur holat yuzasidan qurilish-montaj ishlarini loyiha va qurilishda texnika xavfsizligi talablari asosida olib borilishi bo'yicha mas'ul shaxslarga tegishli ko’rsatma va tushuntirishlar berib o’tildi.