Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Yunusobod tumanidagi 17-mavze 12-uyni joyiga chiqib o’rgandi va jarayonda quyidagilar ma’lum bo'ldi:
Mazkur uyning 94, 96, 106 va 104-xonadon mulkdorlari tomonidan ikki balkon oralig’ida o’zboshimchalik bilan qo’shimcha qurilma qurilib, undan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan ushbu xonadon mulkdorlariga qurilmani bartaraf qilib, avvalgi holatiga qaytarish bo'yicha bajarilishi shart bo'lgan majburiy ko’rsatmalar berildi.