Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi “Kusherbayevga murojaat” telegram kanalida Yunusobod tumani TashGRES mavzesi 19a-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo'yicha e'lon qilingan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
“GLAMUR GOLD” MChJga tegishli madaniyat uyini pastki qavatida savdo-maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi bo’lgan ko’p qavatli turar-joy majmuasiga ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish obyekti Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2021-yil 1-martdagi xulosasini va “NANO-ST” MChJ tomonidan 2021-yil 31-martda ishchi loyiha bo‘yicha yig‘ma ekspertiza xulosasini olgan.
2021-yil 31-martda o‘rnatilgan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan va inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli va 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qarorlariga asosan qurilish obyekti ustidan tizimli nazorat o’rnatilgan.
Xabarga ta'kidlangan vaziyat bo'yicha buyurtmachi va fuqarolar o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini bajarilishini nazorat qilish inspeksiya vakolati doirasiga kirmasligini ma’lum qilamiz.