UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi facebook ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilingan tanqidda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Olmachi MFY Habib Abdullayev ko'chasida joylashgan qurilish obyektidan chiqayotgan loy va changlardan fuqarolarni noroziligi aks ettirilgan videolavha yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi: 

"DREAM CONSTRUCTION" MChJga tegishli bo‘lgan ko`p qavatli turar-joy va noturar joy kompleksi qurish obyekti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga muvofiq o‘rnatilgan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan holat yuzasidan "DREAM CONSTRUCTION" MChJga qurilish me'yori va qoidalariga asosan qurilish ishlarini olib borishi lozimligi hamda atrof-muhitning tozaligiga rioya etilishi yuzasidan ogohlantirish berildi.