UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yil  20-mayda tarqalgan obyektga tegishli hujjatlar o‘rganilganda mazkur obyekt Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” MFY Salar ko‘chasi 207-uy manzilida joylashgan “PROMAX CONSTRUCTION POINT” MCHJga tegishli obyekt ekanligi ma’lum bo‘ldi.

   Uning hujjatlari o’rganilganda Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi Yakkasaroy tuman qurilish bo’limi tomonidan 2022-yil 28-oktabrda yuridik hujjatga ega yer maydonida joylashgan mavjud binolar yertoʼla qismida avtoturargoh, pastki qavatida savdo va maishiy xizmat koʼrsatish boʼlgan koʼp qavatli turar-joy binolariga ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish uchun  ruxsatnoma berilgan va ushbu ruxsatnomaga asosan Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasi 2022-yil 4-noyabrda arxitektura rejalashtirish topshirig’i ishlab chiqilgan.

Monitoringlar davomida MCHJ rahbari A.Sodiqovga 2024-yil 3-aprelda qurilish va montaj ishlarini hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o’tkazishi haqida murojaat berilganligi, aks holda ushbu qonun buzilish holati yuzasidan “Shaharsozlik kodeksi”ning 27-moddasi, MJtKning 99-moddasi hamda “Jinoyat kodeksi”ning tegishli moddalariga asosan sudga da'vo arizasi kiritilib, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirish xati berilgan.

 Bugungi kunda esa mas'ullarga nisbatan MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy chora ko’rish jarayonida ekanligi hamda barcha qurilish-montaj ishlari to’xtatilganligi ma’lum qilinadi.