UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Yunusobod tumani 8-mavze 22-son ko‘p kvartirali uy-joyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan murojaat yuzasiddan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.

 22-son ko‘p kvartirali uy-joyning birinchi qavatida joylashgan 49-xonadon fuqaro M.Qobilovaga tegishli bo‘lib, ushbu xonadonni turar joy toifasidan noturar joy toifasiga o‘tkazish yusasidan quyidagi hujjatlar taqdim etildi:

1) 2023-yil 15-dekabrda obyekt ixtisosini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berilgan;
2) 2023-yil 25-dekabrda Arxitektura-rejalashtirish topshirig’i ishlab chiqilgan;
3) 2024-yil 25-aprelda Loyiha-hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organing xulosasi olingan.

Yuqorida qayd etilgan hujjatlar asosida xonadonning ichki qismi solishtirma asosda o‘rganilganda loyhadan chetga chiqish holati aniqlandi ya’ni xonadon ichki qismidagi yuvinish, hojatxona hamda shaxta qismlari olib tashlanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan (loyiha hujjatlaridan chetga chiqqan joyni) qayta rejalashtirish ishlarini avvalgi holatiga qaytarish yuzasidan bajarilishi majburiy ko‘rsatma berildi.