Toshkent shahrida koʻp qavatli uylar atrofida oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar bartaraf etilmoqda
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan koʻp kvartirali uylarning texnik holati oʻrganilganda mulkdorlar tomonidan koʻp qavatli uylar atrofi oʻzboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilmalar barpo etilganliklari aniqlandi.
Inspeksiya xodimlari tomonidan joyida mulkdorlarga muammoni bartaraf etish boʻyicha yozma koʻrsatmalar berildi. Mazkur koʻrsatmalar asosida hozirda qurilmalar mulkdorlarning oʻz ixtiyori bilan bartaraf etilmoqda.