UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Anvarov hududlarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini energiya resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirib kelinayotgan ishlarni o’rgandi

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Anvarov hududlarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini energiya resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirib kelinayotgan ishlarni o’rgandi.

Jumladan, Yangiyo‘l shahridagi “Turon” qozonxonasi faoliyati ko‘rib chiqildi hamda "PBK" boshqaruv tashkilotining qizg‘in ish jarayonlari bilan tanishildi. Hozirda ushbu BSK 92 ta ko’p qavatli uyga hizmat koʻrsatadi.

Mutasaddilar o‘rganishlar davomida ushbu hududdagi ko‘p qavatli uylarga kirib, aholi uchun yaratilgan sharoit, maishiy xizmat ko‘rsatish hamda ijtimoiy soha obyektlari bilan ham  tanishdilar. 

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning texnik holati, kuz-qish mavsumiga tayyorligi, uylarda energosamaradorlikni ta’minlash yuzasidan olib borilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Sohaga doir muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muhokamalar tashkil qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi.