UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi  boshqaruv organlari uchun amaliy seminar tashkil etildi

Ayni damda mazkur seminar doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tmoqda.

Tanqidiy ruhda o’tkazilayotgan yig’ilishda boshqaruv organlarining aholi oldidagi mas’uliyatiga alohida urg’u berildi. Bu borada so’nggi paytlarda Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida sustkashliklar kuzatilayotgani, bu esa bevosita sohada olib borilayotgan islohotlarga zid ekanligi ta’kidlandi.

- Davlatimiz rahbari tomonidan yurtdoshlarimizning turmush tarzini yaxshilashga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Shu asnoda sizlarga qator imkoniyatlar, imtiyozlar berilmoqda. Sohani takomillashtirish, bor resurslarimizdan oqilona foydalanish orqali biz ko’zlagan maqsadimizga erishamiz, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

Ta’kidlash lozimki, seminar bugun Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlarida davom etadi.