ULUSHLI QURILISHNING YANGI ELEKTRON TIZIMI ISHGA TUSHIRILDI!
Bugun 2025-yil 1-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-11-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida yangi bosqichga o‘tildi.
Endilikda uy-joy qurilishi sohasida ulushli ishtirok asosidagi shartnomalarni rasmiylashtirish, nazorat qilish va himoya qilish bo‘yicha barcha jarayonlar raqamlashtirilmoqda!
Bu platforma orqali:
- Developer tashkilotlar qurilayotgan obyektlar haqida e’lon joylashtiradi
- Xaridorlar bilan shartnomalar elektron tarzda tuziladi
- Moliyaviy xavfsizlikni ta’minlovchi eskrou hisoblar orqali to‘lovlar amalga oshiriladi
Yaqin kunlarda tizim Ipoteka bank bilan to‘liq integratsiyalanadi:
Shartnomalar, hisob raqamlar va barcha to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri platforma orqali boshqariladi.
Ishlar yakunlanmoqda, foydalanuvchilar uchun qulay va ishonchli imkoniyatlar tez orada taqdim etiladi!