UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Vazir o’rinbosari bugun Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasida joylashgan ko’p qavatli uylar holatini ko’zdan kechirdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva erta tongdan ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat tadbirlarini o’tkazmoqda. 

Vazir o’rinbosari bugun Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasida joylashgan ko’p qavatli uylar holatini ko’zdan kechirdi. 

Ta’kidlash lozimki, vazir o’rinbosari mazkur hududda avval ham bo’lib, aholining muammolarini o’rgangan edi. Boshqaruv organi faoliyati qoniqarsiz deb topilib, uylar boshqa “Comfort city” BSKga o’tkazilgandi. 

Hozirda boshqaruv organi tomonidan 10 ta yangi ish o’rni tashkil etilgan. Ko’p qavatli uylar texnik holatini yaxshilash, mavjud muammolarni oldini olish yuzasidan ham yaxshi natijalarga erishilgan. Shuningdek, 60 mln so’m investitsiya mablag’lari hisobiga yer osti sug’orish tizimi yo’lga qo’yilmoqda. 

Vazir o’rinbosari hududlarni obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi:

- Poytaxtimizda ekologik muhitni yaxshilash bugun ustuvor masalalardan biri. Ayniqsa, aholi zich joylarda ko’kalamzorlashtirish ishlariga mas’uliyat bilan qarashimiz kerak. Ko’chat ekilgani bilan unga e’tibor qaratilmasa, biz istagan natijaga erisha olmaymiz,- dedi Ozoda Jo’rayeva. 

Vazir o’rinbosari boshqaruv tashkiloti vakillariga ko’p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan qator vazifalar berdi.