Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hududlarda bo’lib, ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari ish samaradorligini o’rganmoqda
Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan 100 taga yaqin ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Umid i ya” boshqaruv tashkilotining faoliyatini ham ko’zdan kechirdi.
Ayniqsa, kuz-qish mavsumida aholi murojaatlari bilan ishlash, bunda ishchi-xodimlar shayligini inobatga olish muhimligi eslatib o’tildi.
- Bugun jamiyatdagi zamonaviy yondashuvlar ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasida takomillashuvni talab etmoqda. Buning uchun sizda hamma imkoniyat bor, biz har doim sizning tashabbuslaringizni qo’llab-quvvatlaymiz,- dedi Ozoda Jo’rayeva.
Shuningdek, mas’ullarga ish samaradorligini oshirish, texnik imkoniyatlarni kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.