UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Shayxontohur tumanida bo’ldi

Mazkur hududda barpo etilayotgan “Yangi Kamolon” boshqaruv servis kompaniyasi binosi, unda aholi va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko’zdan kechirildi.

- Boshqaruv organlarimiz zamonaviy o’zgarish va talablar asosida doimiy takomillashib bormoqda. Shu ma’noda yangi tashkil etilayotgan binoda hamma jihat inobatga olinishi zarur. Tadbirkorlik, qo’shimcha servis xizmatlar ko’lamini oshirishga alohida ahamiyat qaratilishi maqsadga muvofiq,- dedi vazir o’rinbosari. 

Shuningdek, Ozoda Jo’rayeva hudud aholisi va faollari bilan subbatda bo’ldi. Ularning fikr-mulohazalari qabul qilinib, mavjud muammolarini ijobiy hal etish bo’yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Boshqaruv organi tomonidan hududlarni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar alohida qayd etilib, bunday tashabbuslar ko’lamini oshirish lozimligi qayd etildi. Bunda aholi daxldorligini ham oshirish lozimligi ta’kidlandi.