UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir o’rinbosari Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari bilan uchrashib, sohani yaxshilash yuzasidan fikr almashdi

Xabar berganimizdek, vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida bo’lib, uy-joylarga xizmat ko’rsatish sohasini o’rganmoqda.

Bugun vazir o’rinbosari Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari bilan uchrashib, sohani yaxshilash yuzasidan fikr almashdi.

Mana bugun respublikaning qay hududiga bormang, davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslari bilan mana shunday chiroyli shaharchalar barpo etilmoqda. Zamonaviy uy-joylar, aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar, albatta, tog’ri ekspluatatsiyani talab etadi. Shunday ekan kommunal soha vakillarining mas’uliyatini orttirish zarur vazifamizdir. Bugun tadbirkor sifatida har qanday tashabbuslaringiz qo’llab-quvvatlanmoqda,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Yakkabog’ tumanida tashkil etilayotgan “Mubina” BSK misolida sohaga innovatsion texnologiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va servis xizmatlarni shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga kompaniya uchun barpo etilayotgan boshqaruv binosi va undagi optimal yechimlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Aholi xavfsizligini oshirishdagi zarur qurilmalar, uylarning energosamaradorligini ta’minlash yo’nalishidagi vazifalarning ahamiyati tushuntirib o’tildi.