UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Vazir o’rinbosari So’x tumanida bo’ldi

Xabar berib kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Farg’ona viloyatida xizmat safarida bo’lib turibdi. Maqsad viloyatdagi ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatish sohasida mavjud muammolarni o’rganish, ularning optimal yechimlarini ishab chiqishdan iborat.

Bugun vazir o’rinbosari mamlakatimizning eng olis hududlaridan hisoblangan So’x tumanida bo’ldi. Tumanda jami 19 ta ko’p kvartirali uy mavjud bo’lib, mazkur uylarda 1 200 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Majburiy badal to’lovlarining amalga oshirilmasligi va boshqa tashkiliy masalalar hisobiga hududda muqim boshqaruv organi mavjud emas. Bu esa sohada ko’plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. 

Vazir o’rinbosari tuman mutasaddilari, xususan, hokimlik va prokuratura mas’ullari bilan muhokamalar chog’ida hududga salohiyatli boshqaruv servis kompaniyasini jalb etish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek,kompaniya faoliyatini samarali tashkil etish, aholi orasida targ’ibot ishlarini olib borish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. 

Ozoda Jo’rayeva So’x tumanidagi “Hushyor” mahallasida ham bo’ldi. Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun restavratsiya qilinayotgan ko’p kvartirali uy ko’zdan kechirildi. Mazkur uyda loyiha tashkilotchilarini jalb etgan holda aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan o’zaro fikr almashildi.