UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Qashqadaryo viloyatida bo'lib, ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi

Bugun vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Qashqadaryo viloyatida bo'lib, ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi. Jumladan, Kitob tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabining qurilish jarayonlari ishchi guruhining diqqat markazida bo'ldi. 

Vazir o‘rinbosari mutasaddilarga quruvchilar uchun munosib sharoit yaratish va samarali ish tizimini tashkil etish orqali qurilishni jadallashtirish yuzasidan  topshiriqlar berdi. 

Shuningdek, qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish tushuntirilib, obyektni sifatli tarzda o‘z muddatida topshirish talabi qo‘yildi.