Vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida qurilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivini koʻzdan kechirdi
Bugun vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida qurilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivini koʻzdan kechirdi.
O‘rganish davomida Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov, Loyiha tashkilotlari va hududiy boshqarmadan vakillar, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi mas'ullari, "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" DUKdan mutasaddilar ishtirok etishdi.
Hozirda "Yangi Oʻzbekiston" massivining 1-bosqich qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Jami 30 ta koʻp qavatli 3 560 ta xonadondan iborat turar joy binolarini qurish koʻzda tutilgan bo'lib, shundan 17 tasi 16 qavatli, 13 tasi 9 qavatli binolardir.
Ushbu turar-joy binolari bilan birga 2 ta maktabgacha taʼlim muassasasi va 1 ta oilaviy poliklinika 2024-yilning birinchi choragi yakuniga qadar qurib bitkazililishi rejalashtirilgan.
Vazir o‘rinbosari tomonidan qurilish materiallari sifati, qurilish texnikasi va quruvchilarga yaratilayotgan sharoitlar qattiq tanqid ostiga olindi.
Aniqlangan kamchiliklar bo'yicha tegishli tashkilot rahbarlariga nazoratni va sifatni kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.